
“QUANTITY CLASS“ MCHJ un zavodi xar bir oila dasturxoni to‘kin va barakotli bo‘lishi uchun “QUANTITY CLASS“ MCHJ unlarini axoliga yuqori sifatda yetkazib berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
2017 yili tashkil topgan “QUANTITY CLASS“ MCHJ axoli uchun un ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullana boshladi. Korxona dastlab Turkiya texnologiyasi bilan to‘liq jixozlandi. Korxonaning umumiy maydoni 3,2 gektar maydonnni tashkil etadi. Korxona oyiga 11-12 ming tonna bo‘g‘doyni un qilib ishlab chiqaradi. “QUANTITY CLASS“ MCHJ un zavodi asosiy xomashyo bo‘lgan bug‘doyni Qozog‘iston respublikasidan oladi. Korxonaning birinchi loyixasi 2019 yilda o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lsa, 2021 yil ikkinchi loyixasi xam ishga tushdi.
Korxonaning bo‘g‘doyni tozalash bo‘limi sutkasiga 370 tonna bug‘doyni tozalash imkoniyatiga ega. Bug‘doy saqlash silusi 15 ming tonna bug‘doyni jamlaydi.
Yuqori sifatli un o‘ziga xos xid va chuchuk taʼmga ega bo‘ladi. Un saqlash qoidalariga amal qilinmasa, sifati va taʼmi o‘zgarishi mumkin. Shuning uchun bo‘g‘doy saqlash seluslariga katta axamiyat qaratiladi.
Tayyor un va kepakni qoplash bo‘limlari mavjud.
Mamlakatimizda axoli, yoshlarni bandligi taʼminlashga masalasiga aloxida eʼtibor qaratilmoqda. Shu jumladan ushbu korxonada xam 110 nafar axoli ish bilan taʼminlangan bo‘lib, ular uchun barcha qulay shart-sharoitlar yaratilgan.
Bugungi kunda “Saxovat”, Besh yulduz, Medalyon, brendlari ostitda unlari xalq orasida o‘zini mazaliligi bilan sevib istemol qilinmoqda.
Bizning unlarimiz qo‘shni davlatlarga xam eksport qilinmoqda. Unni nafaqat yurtimizda, balqi chet davlatlarda xam sevib xarid qilishmoqda.